Samsung AI televizorlarining yangi davri

Jonli sport oʻyinlari endi yuqor tasvir sifatida

Sport muxlislari oʻta yirik Samsung televizorida futbol oʻyinini tomosha qilmoqda.

Uy ichidagi stadioningizga xush kelibsiz.
VIP tomosha chiptangizni oling va oʻzingizni oldingi qatorda oʻtirgandek his eting.

Oʻta yirik Samsung televizorida sport tomosha qilish uchun chipta. Chipta TOMOSHA RUXSATNOMASI deb nomlangan boʻlib, JOʻNASH uydan va KELISH stadionga etib belgilangan. Televizor — Samsung Super Big TV, KIRISH — CHEKSIZ EKRAN, OʻRINDIQ — DIVAN va VAQT — 00:00.

Immersiv sport tomosha hissini taqdim etuvchi eng zoʻr funksiyalarimiz bilan tanishing

Eng yirik oʻyinlar hayajonini bizning eng yirik televizorlarimiz bilan his eting

Oʻta yirik Samsung televizori

Eng yirik lahzalar oʻta yirik Samsung televizorida yanada yorqinroq va yaxshiroq namoyon boʻladi. Immersiya uchun moʻljallangan oʻta katta ekran yordamida yulduz sportchilarni va oʻyinning hal qiluvchi harakatlarini jonli, odatdagidan yirikroq tafsilotlarda koʻrishingiz mumkin.

Sport turi qanday boʻlishidan qatʼi nazar Samsung AI protsessori barcha jihatlarni hisobga oladi

AI Protsessor

Televizoringizni jahon darajasidagi gʻolibga aylantiruvchi asosiy vosita bilan tanishing. Samsung'ning inqilobiy AI protsessori ijro etilayotgan kontent turini tahlil qiladi, soʻng rasm va ovozni unga mos ravishda optimallashtiradi. Beysbol va voleyboldan tortib, yengil atletikagacha har bir oʻyin va sportning eng qizgʻin onlarini his eting.

Samsung NQ8 AI Gen3 protsessori tennis, yengil atletika va voleybol oʻynayotgan sportchilar misolida turli sport turlari uchun optimallashtiradi.
  • * Tomosha hissi kontent turlari va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
  • * 8K/4K AI kattalashtirish shaxsiy kompyuter ulanishi va oʻyin rejimiga taalluqli boʻlmasligi mumkin.
  • * AI protsessori QN900D (NQ8 AI Gen3), QN800D (NQ8 AI Gen2), QN95D, QN90D, QN87D, QN85D, S95D, S90D, S85D, Q80D, (NQ4 AI Gen2) modellariga taalluqli.

Tasvir sifati

Har bir toʻqnashuvning hal qiluvchi lahzasini tiniqlashtiring
AI yordamida 8K / 4K kattalashtirish

Bizning AI kattalashtirish texnologiyamiz turli manbalardan, jumladan, past sifatli jonli efirlardan olingan kontentni 4K yoki 8K oʻlchamiga oshirishda AI neyron tarmoqlaridan foydalanadi. Barcha sevimli sport oʻyinlaringizni oʻta yuqori oʻlchamda tomosha qiling va muhim tafsilotlarni oʻtkazib yubormang.

Samsung NQ8 AI Gen3 protsessori yordamida AI kattalashtirish orqali tasvir sifati optimallashtirilgan qilichbozlik musobaqasi.
  • * Tomosha hissi kontent turlari va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
  • * 8K/4K AI kattalashtirish shaxsiy kompyuter ulanishi va oʻyin rejimiga taalluqli boʻlmasligi mumkin.
  • * NQ8 AI Gen3 protsessori faqat QN900D modeliga taalluqli.
Koʻzlaringizni tezkor toʻpdan uzmang
AI Motion Enhancer Pro

Tezkor harakatlarni jonli ravishda kuzatib boring. AI Motion Enhancer Pro uchib kelayotgan toʻplar kabi dinamik obyektlar uchun harakatni silliqlashtiradi va xiralikni kamaytiradi, shunda siz hayajonli startdan tortib yurak urishini tezlashtiruvchi yakungacha nimalar boʻlayotganini aniq koʻra olasiz.

  • * Tomosha hissi kontent turlari va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
  • * AI Motion Enhancer Pro/AI Motion Enhancer shaxsiy kompyuter ulanishi va oʻyin rejimiga taalluqli emas.
  • * AI Motion Enhancer Pro QN900D modeliga, AI Motion Enhancer esa QN800D modeliga taalluqli.
Katta ekranda musobaqaning jonlanishini tomosha qiling
Oʻta katta tasvirni qayta ishlovchi

Samsung hatto katta ekranlarda ham immersiv va real tafsilotlarni taqdim etadi. Bizning oʻta yirik televizorlarimiz kattaroq ekran oʻlchamlari uchun rasm sifatini optimallashtirish maqsadida AI texnologiyasidan foydalanadi. Natijada super tiniq va jonli harakatga ega keng tasvir paydo boʻladi.

Chavandoz toʻsiqli yoʻlakdan oʻtmoqda va bu tasvir oʻta yirik Samsung televizori ekranida tiniq sifatda koʻrsatilyapti.

* AI protsessori QN900D (NQ8 AI Gen3), QN800D (NQ8 AI Gen2), QN95D, QN90D, QN87D, QN85D, S95D, S90D, S85D, Q80D, (NQ4 AI Gen2) modellariga taalluqli.

Ovoz sifati

Oʻzingizni basketbol oʻyiniga tushib qolgandek his qiling
Dolby Atmos® & Object Tracking Sound

Atrofingizda sodir boʻlayotgan oʻyinni dinamik energiya bilan eshiting. Televizorimizning karnaylari bir nechta yoʻnalishda sizni oʻyinchilar qatoriga qoʻshuvchi 3D surround tovushlarni tarqatadi. Bir vaqtning oʻzida bizning AI texnologiyamiz harakatlanuvchi obyektlarni tovush maydonida aniq joylashtirish uchun ularni kuzatib boradi.

Sport muxlislari Dolby Atmos surround tovushiga ega oʻta yirik Samsung televizorida beysbol oʻyinini hayajon bilan tomosha qilishmoqda.
  • * Dolby Atmos Q80D va undan yuqori televizor modellariga taalluqli.
  • * OTS DU7000↑ modellariga (OTS Pro : QN900D / OTS+ : QN800D, QN95D, QN90D, S95D / OTS : QN87D / OTS Lite QN85D, S90D, S85D, Q80D, Q70D, Q60D, DU8000, DU7000) taalluqli.
  • * Yuqori kanalli karnaylarning mavjudligi modelga qarab farq qilishi mumkin, batafsil maʼlumot uchun mahsulot tafsilotlari sahifasiga qarang.
Oʻyindagi har bir hayqiriq va olqishni eshiting
Active Voice Amplifier Pro

Atrofingizda nima boʻlayotganidan qatʼi nazar ekrandan kelayotgan har bir soʻz va baqiriqni aniqlik bilan eshiting. Bizning AI texnologiyamiz xonangizdagi shovqin darajasini aniqlaydi va shunga mos ravishda nutqli audioni moslashtiradi, shunda siz oʻyin ichidagi olqishlar, hayqiriqlar va sharhlarni chempionat darajasidagi aniqlik bilan eshita olasiz.

Sport muxlislari televizorda futbol oʻyinini tomosha qilishmoqda. Tiniq ovozli audio hosil boʻlishi uchun shovqin solayotgan itga javoban Active Voice Amplifier Pro yoqiladi.
  • * Active Voice Amplifier Pro Q70D va undan yuqori televizor modellariga taalluqli.
  • * Bu funksiyani TV Menyu > Aqlli rejim > Active Voice Amplifier Pro orqali faollashtirish mumkin. Active Voice Amplifier Pro standart sozlamalarda oʻchirilgan boʻladi.
Hech bir yirik oʻyinni oʻtkazib yubormang
Multi View

Multi View rejimi bilan sport tomosha qilish imkoniyatlarini kengaytiring. Sport tadbirida koʻrmoqchi boʻlgan bir nechta yirik oʻyinlarni bir vaqtning oʻzida tomosha qilish uchun ularning barchasini ekranga joylashtiring. Yanada qiziqarli boʻlishi uchun mobil qurilmangizni televizorda aks ettirib, jonli statistik maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlarni qoʻshing.

  • * Ekranlar soni (boʻlingan ekranda) ikkitadan toʻrttagacha oʻzgarishi mumkin va qoʻllab-quvvatlanadigan ilovalar/manbalar televizor modeliga bogʻliq va ogohlantirishsiz yangilanishi mumkin. Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi.
  • * Mobil uchun Multi View Android 4.2 yoki undan yuqori versiyalarida hamda iOS qurilmalari uchun AirPlay funksiyasi iOS 12.3 yoki undan keyingi versiyalarda Q70D va undan yuqori televizor modellarida qoʻllab-quvvatlanadi.
  • * Amaldagi UI koʻrsatilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin.
  • * Ekranlar soni (boʻlingan ekranda) ikkitadan toʻrttagacha oʻzgarishi mumkin va qoʻllab-quvvatlanadigan ilovalar/manbalar televizor modeliga bogʻliq va ogohlantirishsiz yangilanishi mumkin. Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi.
  • * Mobil uchun Multi View Android 4.2 yoki undan yuqori versiyalarida hamda iOS qurilmalari uchun AirPlay funksiyasi iOS 12.3 yoki undan keyingi versiyalarda Q70D va undan yuqori televizor modellarida qoʻllab-quvvatlanadi.
  • * Amaldagi UI koʻrsatilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin.

Samsung'ning AI'ga asoslangan oʻta yirik televizorlari bilan

Jonli sport oʻyinlarini yangi oʻlchamlarga kattalashtiring

Bizning sport televizorlari qatorimizni koʻring*

Samsung oʻta yirik sport televizorida oʻyinlarni jonlantiring

* Ushbu sahifada keltirilgan funksiyalarning mavjudligi modelga qarab farq qilishi mumkin.